Biznes kouching
Global landshaft har doim o‘zgarib turadigan sharoitda tashkilotlar doimo ko‘plab yangi muammolarga duch keladi. Zamonaviy bozorda muvaffaqiyatga erishish uchun, yangi raqobatchilar, iste'molchilarning ehtiyojlari va yuqori malakali xodimlar tufayli yuzaga keladigan to‘siqlarni a’lo tarzda yengib o‘tish uchun, bir necha yo‘nalishda harakat qilish kerak.
Bundan tashqari, o‘zgaruvchan muhitda maqsadning aniqligi juda muhimdir. Yetakchi kompaniyalar tashkilotning yuksak maqsadlari ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar va jamoalar maqsadlariga mos kelishini ta'minlash uchun rahbarlar kouchingi eng muhim jihat ekanligini tushunadi.

Korporativ madaniyatni shakllantirish
Dunyo bo‘ylab yuzlab yangi mutaxassislarni tayyorlagan holda, biz tashkilotlar kouchingning naqadar qimmatli ekanligini tushunib, uni korporativ madaniyatiga o‘zlashtirib kiritsa, ulkan salohiyatini ochib, muvaffaqiyatlarni kashf etishi mumkinligini o‘z tajribamizdan bilamiz. Bu esa innovatsion fikrlashni, yetakchilik va mas'uliyatni rag‘batlantiradi, bular o‘z navbatida tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonamizda xodimlarning kompaniya uchun qayg‘urishi ortishiga va kompaniya daromadining oshishiga olib keladi.
Birinchi rahbarlar kouchingi
Birinchi rahbarlar kouchingi – individual kouching shakli bo‘lib, korporatsiyalarning top-menejerlari va xususiy kompaniyalarning rahbarlari tomonidan biznes maqsadlarini belgilash, yuksak natijalarga erishish strategiyalarini ishlab chiqish, shaxsiy ish samaradorligini yaxshilash hamda ish va hayot orasidagi muvozanatini yaratish uchun qo‘llanadi.
Guruhlar kouchingi
Kouching har qanday biznesga foydani oshirish uchun zarur bo‘ladi, chunki u jamoalarga va loyihalarga har bir jamoa a’zosining shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda o‘z maqsadlariga erishish imkonini beradi.
Biznes-kouching
Biznes-kouching – xodimlarga shaxs sifatida va jamoaning bir qismi sifatida rivojlanishiga yordam berish maqsadida taqdim etiladigan professional xizmatdir. Bu xizmat biznes jarayonlarini va natijalarini yaxshilashga yordam beradi.
U quyidagilarni ta’minlaydi:
– Shaxsiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash
– Biznes maqsadlariga erishish uchun ko‘rsatmalar
– Biznes jarayonlari samaradorligini oshirish
– Mehnat samaradorligini va unumini oshirish.